Skip to content

From the paper

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq “Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 378 faoliyatdir. Ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne‘matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma‘naviy ne‘matlar yaratiladi (ta‘lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va h ). Bu sohalar bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi. Masalan, O‘zbekistonda 2023 yilda ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati yalpi ichki mahsulotda 1,07 kvadrillion so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 6 foiz o‘sdi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi va muhim yo‘nalishidir. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishchi kuchining 70 foizdan ortig‘i ushbu sohada faoliyat yuritishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasining ulushi 78 foiz, Yaponiyada 72 foiz, Germaniyada 69 foiz va Rossiyada 60 foizni tashkil qilmoqda.

Read the full text (PDF) →