Imtiyozli kreditlarning xususiy tadbirkorlikka ta’siri, kichik biznes imkoniyatlarini kengaytirishni omili sifatida
Abstract
Kichik va o‘rta korxonalar (KO‘B) butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning tayanchi bo‘lib, ish bilan ta’minlash, innovatsiyalar rivojlanishida kichik va o‘rta korxonalarni sezilarli ta’siri bor. Biroq, kichik va o‘rta biznes sohasini moliyalashtirish bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda bu ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘zga tashlanadi. Kichik biznes sohasini moliyalashtirish usullaridan biri sifatida imtiyozli kreditlarni keltirishimiz mumkin. Imtiyozli kreditlar o‘zining qulay shart-sharoitlari bilan kichik biznes sohasini moliyalashtirishda yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi, kichik biznesning imkoniyatlarini kengaytirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda kuchli vosita sifatida maydonga chiqdi. Ushbu maqolada imtiyozli kreditlash tizimini xususiy tadbirkorlikka ta’siri va ularni kichik biznes rivojlantirish ro‘li haqida to‘xtalinadi.