Research article
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Abstract
Mazkur tezis O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning dolzarbligi, mamlakat iqtisodiy o‘sishiga qo‘shadigan hissasi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tezisda ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish yo‘lidagi mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam va qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy foydalarini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.