Kichik biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Abstract
Mazkur tezis kichik biznes subyektlarining moliyalashtirish jarayonini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarning rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘zbekistonning iqtisodiy sharoitida kichik biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarga keng va oson kirish imkoniyatlari yaratish zarur. Innovatsion texnologiyalar, ayniqsa raqamli platformalar, fintech xizmatlari, sun'iy intellekt va blockchain texnologiyalari kichik bizneslarga moliyaviy operatsiyalarni yanada samarali va xavfsiz bajarish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar nafaqat moliyaviy xizmatlarga kirishni osonlashtiradi, balki biznesni moliyaviy boshqarish va sarmoyalarni jalb qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston misolida, davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosati va innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi muvaffaqiyatli tajribalari ko‘rsatiladi. Maqola shuningdek, bu texnologiyalarning kichik biznes uchun foydali jihatlarini va ularni joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tahlil qiladi.