Buxoro viloyatida agrosanoat majmuasini klasterlash strategiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari
From the paper
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi kabi sanoatning paxta-to‘qimachilik kichik tarmog‘ida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb qilish, kelajakda ushbu tarmoqni xalqaro raqobatga chidamli, yangi chaqiriqlarga tez moslashuvchi va barqaror o‘suvchi tizimga aylantirish imkonini beradi. Shu bois agrosanoat majmuasida, xususan, paxta-to‘qimachilik klasterlarida zamonaviy boshqaruv usullari va samarali boshqaruv mexanizmlarini qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 2018-2023 yillar statistik ko‘rsatkichlari bir gektardan olinadigan paxta hosildorligi 26 sentnerdan 34 sentnergacha oshganligi, ayrim viloyatlarda 40 sentnergacha yetganini ko‘rsatmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlardagi yutuqlar haqida gapirar ekan, paxta tolasini qayta ishlash hajmi 2,5 barobarga oshib, 100 foizga yetganini, ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobarga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish esa 5 barobarga ko‘payganini qayd etdi. [1] Professor M.A.