Skip to content
Research article

Inson kapitalini rivojlantirish – milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning ustuvor yo‘nalishi sifatida

Abstract

O‘zbekistonda inson kapitali rivoji so‘nggi yillarda davlat siyosatining markaziy o‘rnini egalladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatini oshirish, tibbiy xizmatlarni yaxshilash va ijtimoiy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan. Shu bilan birga, global miqyosda kuzatilayotgan texnologik o‘zgarishlar va mehnat bozoridagi talablarning o‘zgarishi inson kapitalining zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirilishini taqozo qilmoqda. Ushbu maqola inson kapitalining O‘zbekistondagi rivoji va uning milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda tutgan o‘rni haqida tahliliy yondashuvni taklif etadi. Global va milliy miqyosdagi statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning mavjud holati, muammolari va imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Keywords