Bank omonatlari zamonaviy sharoitda aholining jamgʻarma pullarini saqlashning asosiy vositasi sifatida
Abstract
Hozirgi zamonaviy sharoitlarda bank tizimi har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bank tizimi orqali iqtisodiy subyektlar oʻzlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirib, iqtisodiy faoliyatini davom ettiradi. Aholi mablagʻlarini banklarga jalb qilish orqali moliyaviy resurslar toʻplanib, ularni iqtisodiy rivojlanishga yoʻnaltirish mumkin boʻladi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu tadqiqotda aholi jamgʻarmalar hajmining oʻsishiga taʼsir etuvchi omillar koʻrib chiqilgan va aholi jamgʻarmalarini bank depozitlariga jalb qilishning oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatilgan. Shuningdek muallif tomonidan zamonaviy usullar yordamida aholining omonat mablagʻlarini jalb qilish banklar uchun yangi imkoniyat ekanligi eʼtirof etilgan.