Research article
Qishloq xo‘jaligidagi takror ishlab chiqarishda investitsiyalardan samarali foydalanish
Abstract
Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi sohasida takror ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etishda investitsiyalarning ahamiyati koʻrib chiqiladi. Takror ishlab chiqarish, iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida, qishloq xoʻjaligi sohasida barqaror rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi. Maqolada investitsiyalarning turi, manbalari va ularni qishloq xoʻjaligida qayta ishlab chiqarish jarayonlariga yoʻnaltirish mexanizmlari oʻrganiladi. Shuningdek, investitsiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani rivojlantirish va xususiy sektorni jalb etishning muhimligi tahlil qilinadi.