Research article
Sanoat korxonalarida xodimlar faoliyat samaradorligini baxolash
Abstract
Ushbu tezis sanoat korxonalarida xodimlar faoliyat samaradorligini baholashning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda samaradorlik tushunchasi, uning baholash usullari va korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, KPI (Kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari), BSC (Muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi) kabi zamonaviy yondashuvlar va ularning korxonalarda qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida samaradorlikni oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ish sanoat korxonalarining xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.