Skip to content
Research article

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda agrosanoat majmuasini klasterlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari

From the paper

Oʼzbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotni klasterlashtirishga darhol kirishilmadi. Аmmo endilikda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida klasterlashtirish harakatlarining miqyosi kengayib, tezligi ham sezilarli oshdi. Bizning fikrimizcha, klasterga birlashuvchi jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va milliy mahalliy boshqaruv organlarining turli darajalardagi (mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy) strategiyalarining oʼzaro uygʼunligi, simbiozi, sinergiyasini taʼminlab beruvchi mezoiqtisodiy darajadagi (yaʼni tarmoq darajasidagi) strategik rejalashtirish koʼproq ahamiyatga ega boʼladi, chunki aynan shunday strategiya tarmoq boshqaruvi tizimida muvofiqlashtiruvchi va birlashtiruvchi omilga aylana oladi va klasterlarning tashqi muhitdagi jamoaviy raqobatdosh afzalliklarini belgilaydi. Mamlakatdagi vaziyatga sezilarli ta'sir ko‘rsatadigan ikkita qo‘shimcha o‘zgaruvchi mavjud.

Read the full text (PDF) →