Skip to content
Research article

O‘zbekiston korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish metodologiyasi tadbiqlarining hozirgi darajasini baholash va ularning ehtiyojlarini aniqlash

Abstract

Hozirgi kunda global bozor tez-tez o‘zgarib bormoqda va raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ko‘proq moslashuvchanlik, mahsulotlarni past narxlarda, yuqori sifat standartlariga mos holatda va albatta qisqaroq muddatda yetkazib berishni talab qiladi. Natijada, korxonalar iqtisodiy va texnik jihatdan o‘z faoliyatini yaxshilashga intilishiga olib keladi. Tejamkor ishlab chiqarish (Lean Manufacturing) tamoyillari ushbu maqsadga erishish uchun muhim vositalardan biridir. Tejamkor ishlab chiqarish vositalari so‘nggi yigirma yil ichida butun dunyo bo‘ylab turli sohalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Lekin, Tejamkor ishlab chiqarishning rivojlanayotgan davlatlardagi tadbiqlari birozgina kamroq o‘rganilgan. Shu sababli, ushbu tadqiqot ishning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatining Lean yondashuvini qo‘llashga bo‘lgan joriy ehtiyojlarini aniqlashdir.

Keywords