Statistika amaliyotida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ma’lumotlarni integratsiyalash yo’llari
Из текста статьи
Respublikamizda ishtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va butun jamiyatni raqamlashtirish sharoitida Milliy statistika tizimiga, statistika nazariyasi va amaliyotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni keng joriy qilish kabi o’ta muhim vazifalarni qo’ymoqda[1,2,3]. Statistika amaliyotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini statistika nazariyasining zamonaviy usullari bilan uyg’inlashgan holda qo’llash barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri bo’lib, ob’ekt va jarayonlarni har tomonlama baholash va bashoratlash hamda samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratadi[4.5]. Ayniqsa bu tarmoqlar statistikasida muhum ahamiyat kasb etadi. U jarayon va iqtisodiy ob’ektlarni har tomonlama kuzatish, sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar bo’yicha olingan turli shakl va formatdagi ma’lumotlarni integratsiya qilish imkoniyatini beradi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari qatoriga Geografik axborot tizimi (GAT) ham kiradi. Geografik axborot tizimi – bu tabiat va jamiyatda boladigan hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir.