2012 – 2025 yillar orasi Turkiya turizm daromadi va xalqaro turistlar sonining multiplikativ vaqt qatori modeli orqali tahlili (TÜİK ma'lumotlari asosida)
Аннотация
Ushbu tadqiqotda TÜİK (Türkiye İstatistik Kurumu) ochiq ma'lumotlar portalidan olingan 2012–2025 yillarga oid oylik turizm daromadi (ming AQSh dollari) va xalqaro turistlar soniga multiplikativ vaqt qatori dekompozitsiya modeli qo'llanilgan. Vaqt qatori trend (T), mavsumiy (S) va tasodifiy (I) komponentlarga ajratilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ikkala ko'rsatkich ham o'n to'rt yil davomida statistik jihatdan ahamiyatli o'sish trendiga ega: turizm daromadi 2012-yildagi 35,7 mlrd. dollardan 2025-yilda 64,4 mlrd. dollarga yetib, 80,4% o'sgan; turistlar soni esa 36,5 milliondan 63,9 millionga — 75,3% o'sgan. COVID-19 pandemiyasi 2020-yilda keskin strukturaviy burilishga sabab bo'ldi: daromad 64,6%, turistlar soni esa 69,5% kamaydi. Mavsumiy indekslar yoz cho'qqisini (Avgust: S=1,995 — daromad uchun; Iyul: S=1,858 — turistlar uchun) va qishki pasayishni (Fevral: S=0,497 — daromad uchun) aniq ko'rsatmoqda. T×S model haqiqiy qiymatlarga yaxshi mos kelishi multiplikativ yondashuvning Turkiya turizm statistikasida yaroqliligi amaliyotda tasdiqlaydi.