Перейти к содержанию
Научная статья

Milliy iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot ulushini baholashning statistik metodologiyasini takomillashtirish

Аннотация

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot ulushini baholashning statistik metodologiyasini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Yashirin iqtisodiyotning mavjudligi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqligiga, soliq siyosatining samaradorligiga hamda davlat byudjeti daromadlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida yashirin iqtisodiyotni baholashda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar, jumladan, monetar yondashuv, mehnat bozori indikatorlari asosidagi usullar hamda ko‘p omilli statistik modellar o‘rganildi va ularning afzallik hamda kamchiliklari aniqlashtirildi. Maqolada zamonaviy statistik yondashuvlarni, xususan, ekonometrik modellar, katta ma’lumotlar tahlili hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan yangi indikatorlardan foydalanish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, milliy hisoblar tizimi doirasida yashirin iqtisodiyotni aniqlash va baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari yashirin iqtisodiyot ulushini aniqroq baholash orqali makroiqtisodiy tahlil sifatini oshirish, samarali iqtisodiy siyosat yuritish hamda davlat boshqaruvi qarorlarini qabul qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ключевые слова