Aholi turmush farovonligi va daromadlari tarkibining tahlili
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada aholi farovonligini oshirishning makroiqtisodiy mexanizmlari va daromadlar tarkibini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda aholi turmush darajasini baholashning xalqaro metodologiyasi va milliy xususiyatlari inobatga olingan holda, statistik ko‘rsatkichlar tizimi tahlil qilingan. Xususan, mehnat faoliyati, tadbirkorlik hamda ijtimoiy transfertlarning umumiy daromadlardagi ulushi va ularning o‘zgarish tendensiyalari baholangan. Muallif tomonidan aholi turmush darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar guruhlarga ajratilgan va iqtisodiy islohotlarning aholi farovonligiga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha tahliliy xulosalar berilgan. Olingan natijalar daromadlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish va aholi turmush sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.