Научная статья
Korxonalarning strategik boshqaruv jarayonida muhit tahlili va unda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish
Аннотация
Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvida barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida muhit tahlili jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda PESTEL, SWOT va Porter besh kuchi tahlil modellarini raqamlashtirish imkoniyatlari, sun’iy intellekt hamda katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalarini strategik qaror qabul qilishda qo‘llash samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada raqamli transformatsiya orqali muhit tahlilini optimallashtirishning amaliy yo‘llari taklif etilgan va ushbu yondashuvning iqtisodiy samaradorligiga oid xulosalar keltirilgan.