Перейти к содержанию
Научная статья

Sanoat tarmog‘i faoliyati samaradorligini statistik baholashda xorijiy tajribalardan foydalanish

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat tarmog‘i faoliyati samaradorligini statistik baholashda xorijiy tajribalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Sanoat samaradorligini baholashda Germaniya, AQSh, Yaponiya, Shvetsiya va Skandinaviya mamlakatlarida qo‘llanilayotgan metodlar – benchmarking, SWOT tahlili, regressiya va vaqt qatorlari modellaridan foydalanish, Sanoat 4.0 raqamli transformatsiya dasturlari hamda ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Xorijiy tajribalar O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilganda sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqola natijalari O‘zbekiston sanoat siyosatini shakllantirishda, investitsiya samaradorligini baholashda va innovatsion rivojlanishni jadallashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ключевые слова