Научная статья
O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida fermer xo‘jaliklarining qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlanish darajasini statistik baholash
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida fermer xo‘jaliklarining qo‘shilgan qiymat zanjiri rivojlanish darajasi statistik va iqtisodiy tahlil asosida baholanadi. Tadqiqotda agrar sektorda ishlab chiqarishdan tortib qayta ishlash va realizatsiyagacha bo‘lgan bosqichlarning hududiy farqlari o‘rganildi. Ekonometrik va indeks yondashuvlar asosida qo‘shilgan qiymat zanjiri rivojlanish indeksi shakllantirildi. Natijalar hududlar o‘rtasida sezilarli tafovut mavjudligini va qayta ishlash sanoati rivojlangan hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjiri samaradorligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.