Научная статья
O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy barqarorligini baholashda statistik indekslarning o‘rni va tahlili
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining hududiy iqtisodiy rivojlanish jarayonlari statistik indekslar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda Yalpi Hududiy Mahsulot (YaHM), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va investitsiya faolligi ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. 2025-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,7% o‘sish sur’atini qayd etgan bo‘lib, ushbu jarayonda hududlarning hissasi va nomutanosiblik darajasi statistik usullar yordamida yoritib berilgan.