Перейти к содержанию
Научная статья

Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish masalalari

Из текста статьи

So‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni zamonaviy global talablar asosida rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayon, avvalo, ta’lim muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy innovatsiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lishini talab etadi. Shu bois ta’lim tizimini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidaganidek “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevrini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhim sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun, avvalambor, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”153.

Читать полный текст (PDF) →