Yashil iqtisodiyotni investitsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
Из текста статьи
Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslarning kamayishi dunyo iqtisodiyotini transformatsiya qilishni talab etmoqda. “Yashil” iqtisodiyot – bu iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan ekologik xavflarni kamaytirishga qaratilgan model bo‘lib, bu nafaqat atrof-muhitni asrash, balki iqtisodiy o‘sishni resurs tejamkorligi va ijtimoiy farovonlik bilan uyg‘unlashtiruvchi strategik yo‘nalishdir. Ushbu modelga o‘tish esa ulkan investitsiyaviy mablag‘larni talab qiladi. Eng muhimi, ““Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish”195 “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining hozirgi umumjahon tendensiyalari, global o‘zgarishlar va yangi chaqiriqlarga uyg‘unligini ta’minlash maqsadidagi eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. ““Yashil” investitsiyalar – bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va tabiiy ekotizimlarni saqlashga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalardir”196.