Inflyatsiyaning iqtisodiy-mohiyati va yuzaga kelish sabablari
Аннотация
Ushbu tezisda zamonaviy iqtisodiyotning eng murakkab makroiqtisodiy muammolaridan biri - inflyatsiya jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va yuzaga kelish omillari tahlil qilinadi. Inflyatsiya nafaqat tovar va xizmatlar narxlarining umumiy o‘sishi, balki milliy valyutaning xarid qobiliyati pasayishi va pul massasining qadrsizlanishi sifatida yoritilgan.Maqolada inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari ikki asosiy guruhga bo‘lib o‘rganilgan: talab inflyatsiyasi (muomalada pulning keragidan ortiqchaligi, davlat xarajatlarining oshishi) va xarajatlar inflyatsiyasi (ishlab chiqarish xarajatlari, xomashyo va energiya narxlarining ko‘tarilishi). Shuningdek, tarkibiy nomutanosibliklar, monopol narxlar va inflyatsion kutilmalar kabi omillarning narxlar barqarorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot yakunida inflyatsiyani jilovlashda pul-kredit va fiskal siyosat vositalarining roli va uni tartibga solish yo‘llari bo‘yicha xulosalar berilgan. Bundan tashqari, tezisda inflyatsiya jarayonining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri ham chuqur tahlil qilinadi. Xususan, inflyatsiyaning aholi real daromadlari kamayishiga, jamg‘armalarning qadrsizlanishiga hamda investitsion faollikning susayishiga olib kelishi ilmiy asosda yoritilgan. Yuqori inflyatsiya sharoitida aholining iste’mol tarkibi o‘zgarishi, uzoq muddatli iqtisodiy rejalashtirish imkoniyatlari qisqarishi va iqtisodiyotda noaniqlik darajasining ortishi kuzatiladi.