Перейти к содержанию
Научная статья

O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar tahlili

Из текста статьи

Bugungi kunda yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish allaqachon umummilliy harakatga aylanib ulgurdi. O‘tgan yillar davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha toʻplangan tajriba va odamlarning ehtiyojidan xulosa qilib, kambagʻallikni qisqartirishni yangi bosqichga olib chiqqan holda ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini qoʻllab-quvvatlab, hayotga, jamiyatga olib kirish zarurligi hukumatdan tortib, tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi bo‘lishi kerakligi davlat rahbari tomonidan qat’iy qoida sifatida belgilab berildi. Kambag‘allikni qisqartirish masalasiga davlat va jamiyat o‘rtasidagi “ijtimoiy shartnoma” hisoblanmish yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham bir necha marta to‘xtalib o‘tildi. Xususan, unga davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishi bo‘yicha alohida norma kiritildi [1]. Yangi Oʻzbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilinganligi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yildi [1]. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda ijtimoiy davlat bu - eng avvalo, inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, demakdir [3].

Читать полный текст (PDF) →