Ta’limni transformatsiyalash sharoitida ta’lim xizmatlar bozori istiqbollari
Из текста статьи
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida «pedagogika, didaktika, amaliy pedagogik psixologiya, metodika kabi fanlarga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘quv materiallarini va pedagogik baholashni ishlab chiqish orqali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish»[1] kabi vazifalar belgilangan. Bu esa pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish tizimini, uning amaliy komponentlariga TQM (Total Quality Management) konsepsiyasi tamoyillarini qo‘llashga oid ilmiy-uslubiy ta’minotini takomillashtirishni taqozo etadi. Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy xalqaro talablar darajasida sifatli mutaxassislar tayyorlash ularda ta’lim sifatini boshqarish tizimini qayta tashkil etish, sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish borasida motivatsiyasini kuchaytirish, boshqaruvning strategik rejalashtirishga asoslangan yangi tamoyillarini hamda yalpi sifat boshqaruvi tizimini joriy etish vazifalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Sifat tushunchasi yangi mazmun kashf etib, sifatga oid boshqaruv global xarakter kasb etib bormoqda. Ushbu sharoitlarda sifat kategoriyasi evolyutsiyasi, uning invariantlik xususiyati, ko‘p o‘lchovli va ko‘p aspektli mazmuni borasida ilmiy fikr-mulohazalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.