Перейти к содержанию
Научная статья

Sanoat korxonalarida korporativ barqarorlikni oshirishda ESG ko‘rsatkichlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri

Из текста статьи

Bugungi iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida sanoat korxonalari faoliyatining barqarorligi faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarga emas, balki keng qamrovli ekologik va ijtimoiy omillarga ham bog‘liq bo‘lib bormoqda. Jahon bozoridagi turbulentlik, resurslar tanqisligi, ekologik xavflar va korporativ mas’uliyatga bo‘lgan talablar ESG konsepsiyasining ahamiyatini yanada oshirib, uni biznes modelining asosiy shartlaridan biriga aylantirmoqda. Korxonaning ekologik ta’sirini kamaytirish, ijtimoiy barqaror muhit yaratish va boshqaruv jarayonlarini shaffof tashkil etish – bugungi raqobatda ustunlikka erishishning muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Shu bilan birga, ESG ko‘rsatkichlari korxonaning iqtisodiy natijalarini shakllantirishda ham katta rol o‘ynamoqda. Har bir korxona uchun resurslarni tejash, xavflarni kamaytirish, investitsion ishonchni oshirish va mijozlar oldidagi nufuzni mustahkamlash ESG mezonlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro amaliyotda ESG ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kompaniyalar moliyaviy barqarorlikka tezroq erishishi, investitsiya oqimini ko‘proq jalb etishi va uzoq muddatli strategiyalarni samarali amalga oshirishi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida ham ESG mezonlarining ahamiyati ortib bormoqda.

Читать полный текст (PDF) →