Sanoat tarmoqlarini raqamli transformatsiya asosida rivojlantirish tendensiyalari
Из текста статьи
Sanoat tarmogʻi har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. U nafaqat iqtisodiyotda qoʻshilgan qiymatni yaratish, balki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirishda asosiy drayver hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy sharoitlarda raqobatbardoshlikni saqlab qolish va global bozorlarda oʻrin egallash uchun sanoat tarmoqlarini samarali va barqaror rivojlantirish zarur. Oʻzbekiston iqtisodiyotida ham sanoat tarmoqlarining ulushi va ahamiyati soʻnggi yillarda sezilarli darajada oshib bormoqda. Xususan, 2024-yilda mamlakat miqyosida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 25,1 foizni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil etgan, Andijon viloyatida esa YAHM tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 2024-yilda 28,8 foizga teng boʻlgan [7]. Demak, aholining isteʼmol talabini qondirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratishda sanoat tarmoqlarining roli tobora oshib bormoqda. Mazkur oʻsish tendensiyasi, jumladan, qayta ishlash, mashinasozlik, yengil va kimyo sanoatida kuzatilmoqda.