Raqamli texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish sohalarida samarali boshqaruvni takomillashtirish
Из текста статьи
Jahonning globallashuvi raqamli iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi asosida iqtisodiy faoliyatning bevosita axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan raqamli ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, qo‘shimcha qiymat ega bilim va axborot salmog‘ining ortib borishi uchun ham har tomonlama imkoniyatlaryaratib beradi. «Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos o‘zgarishlar keltirib chiqarishi kutilmoqda. Jumladan, jahon banki mutaxassislarining tadqiqotlari tezroq Internetdan foydalanuvchilar sonining 10 % ga ko‘paytirilishining o‘ziyoq milliy iqtisodiyot yalpi ichki mahsuloti hajmini har yili 0,4-1,4 % ga oshishi imkoniyatini beradi» (Jahon Banki). Ma’lumki, “...raqamlashtirish raqamli bo‘lmagan narsani raqamli tasvir yoki artefaktga aylantirishdir” (Gupta, 2020) [3]. Shu bilan birga, raqamlashtirish –bu hujjat tarkibidagi ma’lumotlar va bilimlarni raqamli shaklga o‘tkazishdir (Ermolenko va boshq., 2020). Bunday vazifalar bevosita mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusda ham alohida ko‘rsatib berilgan.