Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishning ahamiyati
Из текста статьи
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishda raqamli texnologiyalardan faoydalanish, korxona faoliyatini raqamlashtirish, raqobatbardoshlikni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muvofiqligini ta’minlash, raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqish, korxonalar o‘rtasida erkin raqobat muhitini taьminlash kabi yo‘nalishlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirish uchun, avvalam bor, korxona egalari va mutaxassislari raqamli iqtisodiyot nima ekanligini va undan samarali foydalanish yo‘llarini bilishlari kerak. Raqamli iqtisodiyot bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi inson uchun eng qimmatbaho bo‘lgan vaqtni tejashga, undan unumli foydalanishga ko‘maklashishi mumkin.