Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatgichlari tahlili
Annotatsiya
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining 2017–2025 yillardagi makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarini, xususan, yalpi ichki mahsulot (YaIM) dinamikasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2017 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrdagi YaIM o‘zgarishlari, o‘sish sur’atlari, tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari o‘rganilgan. Tahlillar natijasida mamlakat iqtisodiyoti 2017–2025 yillar mobaynida jadal o‘sganligi, ayniqsa so‘nggi yillarda o‘sish sur’atlari keskin tezlashganligi aniqlangan. 2017 yilda 369,6 trln so‘m)bo‘lgan YaIM 2025 yil yakuniga kelib 1849,7 trln so‘m ga yetgan, bu deyarli 5 baravar o‘sishni anglatadi. Maqolada ushbu o‘sishning asosiy omillari, tarmoq tarkibidagi o‘zgarishlar va mavjud muammolar tahlil qilingan.