Ilmiy maqola
Aholining demografik qarishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’siri
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonda demografik qarish jarayonining hozirgi holati va kelgusidagi tendensiyalari o‘rganilgan. Olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, mamlakatimiz aholisi hozirda yosh qarish guruhiga mansub bo‘lib, o‘rtacha umr ko‘rish muddati o‘sishi va tug‘ilish darajasi pasayishi tufayli qarish jarayoni sekin tezlashmoqda. Bu iqtisodiy faol aholining kamayishi, pensiya xarajatlari ortishi va qariyalarga tibbiy xizmat talabi kuchayishiga olib keladi. Shuningdek, O‘zbekistonning asosiy demografik ko‘rsatkichlari va tug‘ilishdagi kutilayotgan umr davomiyligining ahamiyati tahlil etilgan.