Oʻzbekistonda “yashil” iqtisodiyot va unda malakali kadrlarni oʻrni
Maqola matnidan
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot — bu atrof-muhitga zararni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslangan barqaror rivojlanish modelidir. Oʻzbekistonda milliy iqtisodiyotning isloh qilishda barcha jabhalarda tub oʻzgarishlar davom etmoqda. Bugungi kunda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish – iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, uning raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatni barqaror rivojlantirish sharti sifatida qaralmoqda. Qayd etish joizki, “yashil” iqtisodiyotga oʻtishning asosiy maqsadlari sifatida iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarni oqilona isteʼmol qilish hamda global iqlim muammolariga moslashishni kiritish mumkin. Mazkur belgilangan maqsadlarga erishish uchun esa texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish talab etiladi. Bu borada mamlakatimizda iqlimning oʻzgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlashda “2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.