Ilmiy maqola
Ta'minot zanjirlarida innovasion texnologiyalar foydalanishni afzalliklari
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari biznes boshqaruvi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt, IoT, blokcheyn va big data texnologiyalarining logistika jarayonlariga ta’siri empirik va qiyosiy tahlil asosida yoritildi. Natijalar innovatsion texnologiyalar operatsion samaradorlikni oshirishi, xarajatlarni kamaytirishi, shaffoflikni ta’minlashi va risklarni minimallashtirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ularni joriy etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham asoslab berildi.