Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Demografik jarayonlarni statistik tahlil qilishda xalqaro yondashuvlar va ularni hududiy boshqaruv amaliyotiga joriy etish yo‘llari

Annotatsiya

Ushbu tezisda demografik jarayonlarni statistik tahlil qilishda xalqaro yondashuvlarning mazmuni, ahamiyati va ularni hududiy boshqaruv amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari yoritiladi. Bugungi kunda aholining tabiiy harakati, migratsiya jarayonlari, yosh-jins tarkibi, urbanizatsiya darajasi hamda hududlar kesimidagi demografik tafovutlarni chuqur o‘rganish davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, demografik jarayonlarni baholashda an’anaviy statistik kuzatuvlar bilan bir qatorda aholini ro‘yxatga olish, ma’muriy registrlar, geografik axborot tizimlari, raqamli platformalar va prognozlash usullaridan kompleks foydalanish samarali natija beradi. Tezisda ushbu yondashuvlarni O‘zbekiston hududlari darajasida qo‘llash, demografik monitoring tizimini takomillashtirish hamda hududiy boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Kalit soʻzlar