Davlat byudjetini tahlil qilishning statistik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat byudjetini tahlil qilishda qo‘llaniladigan statistik ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash usullari ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Davlat byudjeti mamlakat iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim moliyaviy instrument hisoblanib, uning daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida byudjet daromadlari, xarajatlari, defitsit va profitsit ko‘rsatkichlari, ulush va indekslar kabi statistik indikatorlar tahlil qilindi.. Shuningdek, maqolada ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari, ularning iqtisodiy mazmuni va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Statistik tahlil yordamida byudjet ko‘rsatkichlarining dinamikasi, tarkibi va samaradorligi baholandi. Olingan natijalar davlat moliyasini boshqarishda statistik yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari davlat byudjetini samarali boshqarish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.