Ilmiy maqola
Narxlar o’sishi va inflyatsiya: statistik yondashuv
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada narxlar o‘sishi va inflyatsiya jarayonlari statistik yondashuv asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati, uning kelib chiqish sabablari hamda makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, inflyatsiyani o‘lchashda qo‘llaniladigan asosiy statistik ko‘rsatkichlar, jumladan, iste’mol narxlari indeksi, o‘sish sur’atlari va regressiya modellari keng ko‘rib chiqilgan.