Asosiy qismga oʻtish

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotda davlat moliyasining institutsional o‘rni, uning tarkibiy elementlari – davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar, maqsadli jamg‘armalar va davlat krediti – tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining 2024–2025 yillardagi byudjet ko‘rsatkichlari, soliq ma’murchiligi samaradorligi va fiskal intizom holatiga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar (2024 yilda byudjet daromadlari 274,3 trln so‘m, soliq undirish darajasi 86%) asosida mualliflar davlat moliyasining iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi strategik ahamiyatini asoslaydi. Shuningdek, mahalliy byudjetlar mustaqilligining oshishi, raqamlashtirish, yashil iqtisodiyot va inson kapitaliga yo‘naltirilgan xarajatlarning o‘sishi kabi tendensiyalar yoritilgan. Maqola davlat moliyasini boshqarishda sun’iy intellekt va natijaga asoslangan byudjetlashtirish usullarini joriy etish zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Kalit soʻzlar