Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Biznes faoliyatini rivojlantirishda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish yo‘nalishlari

Maqola matnidan

Bugungi global integratsiyalashuvning kuchayishi sharoitida biznes faoliyatini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim omilga aylanmoqda. Rivojlangan biznes muhiti yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholining bandlik darajasini oshiradi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi hamda tadbirkorlik subyektlarining kengayishi raqobat muhitini kuchaytirib, mahsulot va xizmatlar sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shuni qayd etish lozimki, biznes faoliyatining faollashuvi davlat byudjetiga tushumlarning ko‘payishiga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga zamin hozirlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuviga va tashqi omillarga qaramlikning kamayishiga olib keladi. Biznes subyektlarining eksport salohiyati ortishi esa mamlakatning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli milliy amaliyotda biznes faoliyati rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →