Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi misolida yashil energetika loyihalarini moliyalashtirish tizimlarini solishtirish

Maqola matnidan

Global iqlim o‘zgarishlarining tez sur’atlarda kuchayishi, uglerod izini kamaytirish zarurati hamda resurslarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash hozirgi vaqtda ko‘plab davlatlarning iqtisodiy siyosatida asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ayniqsa, energetika sohasi global issiqxona gazlari chiqindilarining katta qismini tashkil etishi sababli, yashil energetikaga o‘tish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, mamlakatlar miqyosida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ularni moliyalashtirish masalalari strategik ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. O‘zbekiston iqtisodiy-energetika tizimida tabiiy gazga yuqori darajada qaramlik saqlanib qolmoqda: 2019 yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining taxminan 85 foizi gazga asoslangan termoelektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bu holat mamlakatning energetik xavfsizligi va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish nuqtai nazaridan jiddiy muammo yaratmoqda, chunki gaz resurslari cheklangan va global bosim ostida kamaytirilishi talab etilmoqda. [1] Shu bilan birga, 2018 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan quvvat mamlakat energiya iste’molining atigi 3 % ini tashkil etgan.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →