Oʻzbekistonda transport tizimi rivojlanish omillarining iqtisodiy-ekonometrik tahlili: zamonaviy yondashuvlar
Maqola matnidan
Oʻzbekistonda transport tizimi faoliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlil qilishga bagʻishlangan ushbu paragrafimizda miqdoriy yondashuvdan foydalandik. Jumladan, Oʻzbekistonda 2000-yildan 2023-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida transport tizimini aks ettiruvchi bog‘liq o‘zgaruvchi va quyida tanlab olingan unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ilgari surayotgan ilmiy farazlarimiz (gipotezamiz)ni ekonometrik modellarshirish xususan, OLS (ordinary least suares - oddiy eng kichik kvadratlar) ko‘p omilli vaqtli qatorlar modelida tekshirishni amalga oshirdik. 1-rasmda OLS modelimizda tekshirish uchun ilgari surayotgan ilmiy farazlarimiz tasvirlangan. 1-rasm. OLS modelida qo‘yilayotgan ilmiy farazlar 219 Mazkur gipoteza testi quyidagi 1-rasmda keltirilgan tartibda amalga oshirildi. Ushbu rasmdagi H harfi ingliz tilidagi “hypothesis” (gipoteza, ilmiy faraz)ning bosh harfi hisoblanadi.