Ilmiy maqola
UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasi statistikasiga katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt va GIS-texnologiyalarni integratsiya qilish istiqbollari
Annotatsiya
Tezisda "UzAuto Motors" AJ — O'zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi korxonasi misolida sanoat statistikasi amaliyotiga katta ma'lumotlar (Big Data), sun'iy intellekt (SI), GIS-texnologiyalar va ma'muriy ma'lumot manbalarini integratsiyalash istiqbollari yoritilgan. Korxona ishlab chiqarish dinamikasi, model va bozor ulushi bo'yicha 2024–2025-yillar statistik ma'lumotlari tahlil qilinib, ERP/MES tizimlari, EHF, bojxona deklaratsiyalari, sun'iy yo'ldosh kuzatuvi va MSQ "Tahlilchi" SI xizmati bilan integratsiyalashning konseptual modeli taklif etilgan.