Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Global iqtisodiy transformatsiya sharoitida neft-gaz sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati

Maqola matnidan

Har bir korxona aniq maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan o‘z qarashlari hamda rivojlanish strategiyasiga ega. Ayniqsa korxonalarning investitsion jozibadorligini ta’minlashda qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish jarayonini samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda korxonalarning tashqi va ichki muhiti tez o‘zgaruvchanligi sababli sanoat korxonalari faoliyatiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatmoqda, bularga raqobat, xomashyo narxlarining o‘zgarishi, foiz stavkalari, valyuta kurslarining o‘zgarishi, iste’molchilarning xohish-istaklari o‘zgarishi, ilmiytexnik taraqqiyot va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ushbu kabi omillarning noaniqligi korxonani belgilangan vaqtda maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bunday vaziyatda korxonada o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini ishlab chiqadigan, belgilangan maqsadlarga o‘z vaqtida resurslarni sarf qilishning maqbul miqdori orqali erishishga imkon beruvchi boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyotning pandimiya jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar esa har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etmay qolmaydi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →