Xizmat ko‘rsatish sohalarini transformatsiya qilishda raqamlashtirishning strategik o‘rni
Maqola matnidan
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoi y-iqtisodiy rivojlanishi va kelgusi taraqqiyotini ilm-fan, ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil etadi. Bu tizim raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Raqamli iqtisodiyotbu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, buyangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot -kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi inson uchun eng qimmatbaho bo‘lgan vaqtni tejashga, undan unumli foydalanishga ko‘maklashishi mumkin. Biron bir kitobning chop etilgan ko‘rinishini sotib olish shu kitobning elektron formatini sotibolishdan qimmatroqqa tushadi.