Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Turistik korxonalarda raqamli innovatsiyalar asosida xizmatlarni rivojlantirish

Maqola matnidan

Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot davrida turizm sohasi dunyo miqyosida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Turizm nafaqat iqtisodiy o‘sishning muhim manbai, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakat imijini shakllantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois, turistik korxonalarda innovatsion xizmatlarni joriy etish masalasi hozirgi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Innovatsiyalar turizm sohasining barqaror rivojlanishiga, raqobatbardoshlikni oshirishga va iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so‘nggi yillarda turizmni milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da turizm sohasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, innovatsion xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida boshqaruv tizimlarini takomillashtirish masalalariga alohida urg‘u berilgan.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →