Aholi bandligi va daromadlarini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari ko‘rsatkichlarini ekonometrik tahlil qilish
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholi bandligi va daromadlarini oshirishda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlarining rolini ekonometrik tahlil asosida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — kichik biznes ko‘rsatkichlari bilan bandlik va aholi daromadlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2015–2023 yillar oralig‘idagi rasmiy statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. Tahlil uchun chiziqli regressiya modeli tanlab olinib, EViews dasturida amaliy hisob-kitoblar amalga oshirildi. Natijalar kichik biznes subyektlarining soni va ulushi oshgan sari, bandlik darajasi hamda aholi real daromadlarining sezilarli o‘sishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida esa sohaga oid bir qator amaliy tavsiyalar ham ilgari surilgan