Ilmiy maqola
Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish
Annotatsiya
Mazkur maqolada additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ularning tuzilishi, farqlari va amaliy qo‘llanilishi yoritib berilgan. Additiv modelda ta’sir etuvchi omillar natija ko‘rsatkichiga mustaqil qo‘shiladi, multiplikativ modelda esa ular ko‘paytma shaklida bir-biriga bog‘liq tarzda ta’sir qiladi. Ushbu modellar orqali iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, bashorat qilish va tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Maqolada misollar asosida har ikki modelning afzalliklari, qo‘llash shartlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan.