Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish logistikasi rivojiga ta’sir qiluvchi omillar

Maqola matnidan

Jahonda globallashuv jarayoni tezlashib borayotgan bir vaqtda iqtisodiyotda logistika muhitini rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridini oshirishga ta’sirini baholash masalalari bo‘yicha muammolar amalga oshirilmoqda. Dunyoda logistika rivojlanishining umumiy indeksi (LPI-logistic performance index) yuritilib, unda Germaniya Federativ Respublikasi еtakchi hisoblanadi hamda uning indeksi maksimal 5 balli mezonda 4,45 ballni tashkil etmoqda. Yetakchi mamlakatlar qishloq xo‘jaligi sohasining yalpi ichki mahsulotidagi (YaIM) ulushi Janubiy Koreyada – 2,7 %, Yaponiyada – 1,2 %, Xitoy-6.9% va Hindistonda – 17,4 % ni tashkil etmoqda[1]. Xorijiy mamlakatlar tajribasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish logistikasini takomillashtirish va uni investitsiyalash turli mamlakatlarda iqtisodiy siyosat, geografik, demografik holatlari, urbanizatsiya va muayyan hududlarning umumiy infratuzilmasining rivojlanish darajasiga qarab turlicha amalga oshirilmoqda. 198 Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va muammolarni bartaraf etishdagi muhim va strategik yo‘nalishlardan biri sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda logistik jarayonlarni rivojlantirish, turli dastaklar yordamida qo‘llab-quvvatlash masalalari maydonga chiqadi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →