Iqtisodiy davrlar: tsikllar, sabablari va oqibatlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada biz iqtisodiy davrlar — ya’ni iqtisodiyotda muntazam takrorlanib turadigan ko‘tarilish va pasayish bosqichlari mohiyatini tahlil qildik. Iqtisodiy tsiklning asosiy bosqichlari bo‘lmish ko‘tarilish, inqiroz, cho‘kish va tiklanish jarayonlari misollar asosida yoritildi. Har bir bosqichning iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri, bandlik darajasi va ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Maqolada iqtisodiy davrlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi omillar, jumladan, talab va taklifdagi nomutanosiblik, investitsiyalardagi o‘zgarishlar, kredit siyosati va tashqi iqtisodiy muhit kabi omillar alohida ko‘rib chiqildi. Tarixiy jihatdan muhim bo‘lgan Buyuk depressiya va 2008 yilgi moliyaviy inqiroz misolida tsikllarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotida kuzatilgan ayrim iqtisodiy holatlar ham tahlil qilinib, davlat tomonidan ko‘rilgan choralar yoritildi. Xulosa sifatida, iqtisodiy tsikllarni chuqur anglash va samarali boshqaruv choralarini qo‘llash orqali barqaror rivojlanishga erishish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.