O’zbekiston iqtisodiyotida inflatsiyaning sabablari va unga qarshi kurash choralarining samaradorligi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonining mohiyati, asosiy sabablari hamda unga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan iqtisodiy siyosat choralarining samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada inflyatsiya nazariyasi, xususan, talab va taklif inflyatsiyasi, pul massasining o‘sishi bilan inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy jihatdan yoritilgan. So‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi va uning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan. Shuningdek, Markaziy bank va hukumat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va fiskal siyosat choralarining samaradorligi tahlil qilinib, inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqtisodiyotida barqaror narxlar muhitini yaratish yo‘lida zarur bo‘lgan institutsional islohotlarni shakllantirishga xizmat qilishi mumkin.