Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnat saloxiyatining rivojlanishi va uning nazariy asoslari

Maqola matnidan

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda tadbirkorlikda mehnat munosabatlarining rivojlanishi, mazkur jarayonni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, ular bo‘yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo‘nalishlar mazkur sohaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Akademik K.X.Abduraxmonovning fikricha, ―Mehnat munosabatlari – xodim va ish beruvchi o‘rtasida ish beruvchi zarur mehnat sharoitlarini yaratib bergan holda haq to‘lanishi hisobiga xodim tomonidan shaxsan mehnat funksiyasini (shtat ro‘yxatiga muvofiq, kasbi, ixtisosligi bo‘yicha topshiriladigan aniq ishni) bajarish yuzasidan kelishuv natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlardir. Mehnat munosabatlarining subektlari xodim va ish beruvchi hisoblanadi. Mehnat munosabatlari ijtimoiy xususiyat kasb etganda, ushbu subektlar qatoriga davlat ham qo‘shiladi 12 . Mazkur fikrni davom ettirgan holda B.E.Tagayevning tadqiqotida: ―... XMT tasnifiga asosan, ishlab chiqarish birliklarini turi va ish joylarining ish bilan bandlik maqomi bo‘yicha bo‘linishi xalqaro mehnat statistlarining 17-xalqaro konferensiyasida (2003-yil) taklif etilgan bo‘lib, unda xodimlarning rasmiy yoki norasmiy mehnat bilan bandligi mehnat munosabatlarining xususiyatiga ko‘ra tasniflanadi 13 , deya qayd etillgan.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →