Asosiy qismga oʻtish

Maqola matnidan

Har bir insonning moliyaviy hayotida uchta asosiy faoliyat — iste’mol, jamg‘arish va investitsiya — markaziy o‘rin egallaydi. Ular orasidagi muvozanatni topish, daromadni ongli tarzda taqsimlash va kelajak uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilish orqali inson nafaqat moliyaviy xavfsizligini ta’minlaydi, balki farovon hayot sari qadam qo‘yadi. Iste’molga keladigon bo’lsak insonning kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulotlar va xizmatlardan foydalanish jarayonidir. Oziq-ovqat, 305 kiyim, transport, kommunal to‘lovlar — bular barchasi iste’molga kiradi. Iste’mol hayot sifatini belgilaydi, ammo u me’yorida bo‘lishi lozim. Haddan ortiq yoki samarasiz iste’mol qilish insonni moliyaviy bosim ostiga tushirishi mumkin. Aynan shu sababli “aqlli iste’mol” tushunchasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda-bu resurslardan tejamkor va samarali foydalanish deganidir. Iste’mol funksiyasi: Makroiqtisodiy tahlilda iste’mol C = a + bY formulasi bilan ifodalanadi, bu yerda: • C – umumiy iste’mol, • a – avtonom iste’mol (hatto daromad bo‘lmasa ham qilinadigan iste’mol), • b – chegaraviy iste’mol moyilligi (yangi daromadning qancha qismi iste’molga sarflanadi), • Y – daromad darajasi. Iste’molga ta’sir etuvchi omillar; 1.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →